Foydalanish shartlari
Yangilangan sana: 2026-11-01
1. Umumiy qoidalar
Ushbu hujjat ONE POS xizmatidan (keyingi o‘rinlarda — “Xizmat”) foydalanish shartlarini belgilaydi. Sinov muddatida foydalanishni boshlash yoki Xizmat uchun to‘lov qilish ushbu shartlarga rozilik demakdir.
Xizmatni taqdim etuvchi (keyingi o‘rinlarda — “Ijrochi”) — ONE POS jamoasi:
- Xizmat: ONE POS (onepos.uz)
- Email: info@onepos.uz
- Telegram: @FR_2777
2. Xizmat nima
Xizmat — ovqatlanish korxonalari uchun bulutli dastur: kassa, oshxona ekrani, ofitsiant telefoni, sklad, hisobotlar va egasining boshqaruv paneli. Xizmat brauzer orqali (https://app.onepos.uz) ishlaydi. Tarif tarkibi va limitlar https://onepos.uz/#tariflar sahifasida ko‘rsatilgan.
3. Ulanish va sinov muddati
- Restoranni Ijrochi ochadi; Mijozga kirish ma’lumotlari beriladi.
- Yangi restoran uchun 14 kunlik bepul sinov beriladi. Sinov bitta telefon raqami va STIR uchun bir marta beriladi.
- Sinov tugagach, Mijoz tarifni tanlab to‘lovni amalga oshiradi. Sinovda kiritilgan ma’lumotlar saqlanadi.
4. Narx va to‘lov
- Narxlar so‘mda, bitta filial uchun oylik ko‘rsatilgan. Yillik to‘lovda 12 oy uchun 10 oylik narx to‘lanadi.
- To‘lov oldindan, kelishilgan usulda amalga oshiriladi. To‘lov tarixi Mijozning “Obuna” sahifasida ko‘rinadi.
- Ijrochi narxlarni o‘zgartirishi mumkin. Narx oshirilsa, amaldagi Mijozlar kamida 30 kun oldin xabardor qilinadi va shu muddat davomida eski narx saqlanadi.
5. To‘lov kechiksa
- Muddat tugagach 7 kunlik muhlat beriladi; bu davrda Xizmat ishlayveradi va eslatma ko‘rsatiladi.
- Muhlatdan keyin “faqat ko‘rish” rejimi yoqiladi: hisobot va ma’lumotlar ochiq, yangi savdo yopiq. Rejim hech qachon ochiq smena o‘rtasida yoqilmaydi.
- Ma’lumotlar to‘xtatilgan kundan boshlab 12 oy saqlanadi. To‘lov qilinsa, hammasi joyida tiklanadi.
6. Muzlatish
Mijoz yiliga 1 oy obunani bepul muzlatib qo‘yishi mumkin (ta’mir, mavsumiy yopilish).
7. Ma’lumotlar
- Restoranga tegishli barcha ma’lumotlar (savdo, menyu, sklad, xodimlar) Mijozniki.
- Har bir restoran ma’lumoti alohida saqlanadi; boshqa mijozlar ularni ko‘ra olmaydi.
- Ijrochi xodimi Mijozning paneliga faqat yordam uchun, sabab va muddat ko‘rsatib kiradi; bu Mijoz panelida va jurnalida ko‘rinadi. Bunda pul, sklad va kirish ma’lumotlari (parol, PIN) o‘zgartirilmaydi.
- Shaxsiy ma’lumotlar Maxfiylik siyosatiga muvofiq ishlanadi.
8. Tomonlarning majburiyatlari
Ijrochi Xizmatning uzluksiz ishlashi uchun oqilona choralar ko‘radi va Telegram (@Onepos_yordambot) hamda yordam sayti (https://help.onepos.uz) orqali yordam beradi. Mijoz kirish ma’lumotlari va PIN kodlarini begonalarga bermaydi, xodimlariga faqat kerakli huquqlarni beradi va to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiradi.
9. Javobgarlik
Ijrochi uchinchi tomon xizmatlari (internet provayderi, agregatorlar, to‘lov tizimlari) sababli yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgar emas. Kassa internetsiz rejimda ishlashda davom etadi va aloqa tiklangach ma’lumotlarni yuboradi. Ijrochining javobgarligi Mijoz oxirgi oy uchun to‘lagan summa bilan cheklanadi.
10. Shartnomani bekor qilish
Mijoz istalgan vaqtda obunani yangilamaslik orqali Xizmatdan voz kechishi mumkin. Yillik to‘lov birinchi 14 kun ichida bekor qilinsa, to‘liq qaytariladi. Nizolar muzokara yo‘li bilan, kelishilmasa — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
11. Aloqa
Savollar bo‘yicha: email info@onepos.uz, Telegram @FR_2777.