Demoni sinab ko‘rish

Restoran, kafe, fastfud va choyxona uchun kassa dasturi

Pul qayerga ketayotganini ko‘rasiz. Ertaga nima qilishni bilasiz.

Kassa, oshxona ekrani, ofitsiant telefoni, sklad va hisobot — bitta dasturda. Telefon, planshet yoki kompyuterda ishlaydi, internet uzilsa ham kassa to‘xtamaydi.

Demoda ro‘yxatdan o‘tish shart emas: ega, kassir, oshpaz yoki ofitsiant sifatida kirib ko‘rasiz.

ONE POS ega paneli kompyuterda: bugungi savdo, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, foyda, marja va 7 kunlik grafik
Ega paneli telefonda: bugungi savdo va qilinadigan ishlar

14 kunbepul sinov, Pro’ning hammasi ochiq

79 000 so‘mdanoyiga, ochiq narxlar

Internetsizkassa savdoni to‘xtatmaydi

O‘zbek tilidaoddiy so‘zlar, Telegram orqali yordam

Muammo va yechim

Restoran egasini qiynaydigan savollar — va ularning javobi

“Kassada pul kam chiqdi. Kim?”

Har bekor qilish, chegirma va qaytarish kim, qachon va nega qilingani yoziladi. Smena kutilgan summani ko‘rsatmasdan yopiladi — farqni siz ko‘rasiz.

“Go‘sht tez tugayapti, nega?”

Har sotuvda xom ashyo retsept bo‘yicha o‘zi ayriladi. Kirimda narx nazorat qilinadi, inventarizatsiya va isrof hisobga olinadi.

“Oy oxirida qancha qoladi?”

Har taomning haqiqiy tannarxi, ijara, ish haqi va soliq hisobga olinadi. Sof foyda va zararsizlik nuqtasi oldindan ko‘rinadi.

“Oshxona buyurtmani adashtiradi.”

Buyurtma oshxona ekraniga stansiya bo‘yicha boradi: oshxona, mangal, bar. Taom tayyor bo‘lsa, ofitsiantga xabar ketadi.

Nazorat va o‘g‘irlikdan himoya

Kim, qachon, nima qilgani — hammasi yozilgan

  • Kassir smenani kutilgan summani ko‘rmasdan yopadi — kamomad va ortiqcha darhol chiqadi.
  • Har xodim bo‘yicha: savdo, bekor qilish, chegirma, qaytarish va kassa farqi.
  • Chegirma va qaytarishga har xodimga o‘z chegarasi.
  • Ofitsiantdagi naqd pul ham hisobda.
Xodimlar nazorati: har xodim bo‘yicha savdo, bekor qilish, chegirma va kassa farqi
Jurnal: bekor qilingan buyurtma va berilgan chegirma sababi bilan

Kim uchun nima

Har kimga o‘z ekrani

Ega uchun hisobot: tushum, sof foyda, qaytarilgan pul, kassa farqi va boshqa ko‘rsatkichlar

Ega

telefon, kompyuter

“Bugun” sahifasi: savdo, foyda, qilinadigan ishlar. Hisobotlar, sklad, xodimlar va ularning huquqlari — istalgan joydan.

Kassada to‘lov oynasi: naqd, karta, Click, Payme, Uzum, o‘tkazma va qaytim

Kassir

planshet, kompyuter

Tez savdo, kombo va o‘lchamlar, kilogrammda sotish, bo‘lib to‘lash. Naqd, karta, Click, Payme, Uzum. Chek, smena, internetsiz ishlash.

Oshxona ekrani: buyurtmalar navbati, kutish vaqti va “Tayyor” tugmalari

Oshpaz

planshet, televizor

Buyurtmalar stansiya bo‘yicha navbatda, kechikkani rang bilan ajraladi. “Tayyor” va “tugadi” — bir bosishda.

Ofitsiant telefoni: zal, stollar va “taom tayyor” xabari

Ofitsiant

o‘z telefoni

O‘z stollari, mehmonlar soni, buyurtma va hisob cheki. Taom tayyor bo‘lsa, telefoniga xabar keladi.

Menejer, barista, barmen va omborchi uchun ham tayyor lavozimlar bor. Har biriga faqat kerakli huquq beriladi — 40 ta aniq huquq, chegaralari bilan.

Prognoz va Maslahatchi

Dastur sizga oldindan aytadi

Prognoz va sof foyda

Start tarifidan

Haqiqiy savdoga qarab ertangi kun, hafta, oy va 3 oylik tushum. Ijara, ish haqi va soliqni kiritasiz — oy oxirida qancha sof foyda qolishini va zararsizlik nuqtasini ko‘rasiz. Prognoz qanchalik to‘g‘ri chiqqanini ham ko‘rsatadi.

Maslahatchi

Pro’da, Standart’ga qo‘shimcha
  • Har taom bo‘yicha ertaga qancha tayyorlash kerak.
  • Xarid ro‘yxati: prognoz, retsept va qoldiqdan nima va qancha olish kerakligini hisoblaydi. Ro‘yxat bir bosishda kirimga o‘tadi.
  • Har kungi maslahat: masalan, qaysi xom ashyo tugayapti.
Moliya: sof foyda, tushum, tannarx, xarajatlar va kunlar bo‘yicha grafik
Maslahatchi telefonda: ertaga qaysi xom ashyodan qancha olish kerak va taxminiy summa

Internetsiz ishlash

Internet uzildi — savdo davom etadi

  1. 1Internet uzildi — kassa sotishda va chek chiqarishda davom etadi.
  2. 2Buyurtmalar qurilmaning o‘zida saqlanadi.
  3. 3Aloqa qaytgach, hammasi o‘zi yuboriladi. Hech narsa yo‘qolmaydi.
Kassaning yuqori qatori: “Internetsiz · 1 kutmoqda” belgisi — savdo davom etmoqda, buyurtma navbatda

Kassaning yuqori qatorida holat ko‘rinadi: nechta buyurtma yuborilishini kutayotgani.

Agregatorlar

Standart va Pro

Uzum Tezkor buyurtmasi kassaga o‘zi tushadi

  • Uzum Tezkor buyurtmasi API orqali kassaga ovozli signal bilan keladi — qayta terish shart emas.
  • Har kanalga o‘z narxi va komissiyasi. Komissiyadan keyin qancha qolishi ko‘rinadi, zararli taom belgilanadi.
  • Yandex, Express24 va boshqalar uchun: kanal narxi, komissiya hisobi va menyuni faylga yuklab berish.
Savdo kanallari hisoboti: kassa va Uzum Tezkor bo‘yicha tushum, komissiya va qo‘lingizda qoladigan pul

Restoran turlari

Har bir ovqatlanish biznesi uchun tayyor sozlama

Restoran ochilganda uning turi tanlanadi — ish tartibi, lavozimlar, oshxona stansiyalari va tayyor menyu shunga qarab sozlanadi. Keyin hammasini o‘zingiz o‘zgartira olasiz.

Fastfud

Tez savdo, kombo va setlar, oshxona ekrani, Uzum Tezkor buyurtmalari.

Kafe va restoran

Zal sxemasi, stollar, ofitsiant telefoni, hisob cheki va stansiyalar.

Milliy restoran va choyxona

Tayyor milliy menyu: osh, lag‘mon, shashlik, somsa, choynak choy.

Oshxona (stolovaya)

Tez xizmat, kilogrammda sotish, kunlik va oylik hisobot.

Kofe shop

O‘lchamlar va qo‘shimchalar, barista roli, tez kassa.

Bar, lounge va klub

Barmen roli, bar stansiyasi, tayyor bar menyusi.

Tariflar

Ochiq narxlar. Istalgan tarifni 14 kun bepul sinang

Mini

Kichik oshxona, choyxona, kofe nuqta

79 000 65 833 so‘m / oy

Har oy to‘lanadi

Yiliga 790 000 so‘m — 2 oy bepul

1 kassa · 3 xodim

  • Savdo, smena, menyu va chek
  • Xarajatlar
  • Kunlik va oylik hisobot
  • Kim nima qilgani jurnali
  • Telefondan boshqarish qulay
14 kun bepul sinash

Start

Kichik kafe

149 000 124 167 so‘m / oy

Har oy to‘lanadi

Yiliga 1 490 000 so‘m — 2 oy bepul

1 kassa · 10 xodim

  • Mini’dagi hammasi
  • Sklad, retsept, tannarx va foyda
  • Zal va stollar
  • Prognoz va sof foyda
  • Chegirma va qaytarishga chegara
  • Xodim ovqati
14 kun bepul sinash

Standart

O‘rta kafe va fastfud

249 000 207 500 so‘m / oy

Har oy to‘lanadi

Yiliga 2 490 000 so‘m — 2 oy bepul

2 kassa · 2 oshxona ekrani · 25 xodim

  • Start’dagi hammasi
  • Oshxona ekrani: stansiyalar, “tayyor”, “tugadi”
  • Agregatorlar: Uzum Tezkor, kanal narxi va komissiya
  • Ofitsiantlar va Maslahatchi — qo‘shimcha
14 kun bepul sinash

Pro

Restoran va tarmoq

449 000 374 167 so‘m / oy

Har oy to‘lanadi

Yiliga 4 490 000 so‘m — 2 oy bepul

5 kassa · 5 oshxona ekrani · 10 ofitsiant · 100 xodim

  • Standart’dagi hammasi
  • Ofitsiant telefoni
  • Maslahatchi
  • 5 tagacha filial
  • Joyida o‘rnatish bepul
14 kun bepul sinash

Qo‘shimchalar

Qo‘shimchaQaysi tarifgaNarx, so‘m
Qo‘shimcha kassa Start, Standart, Pro 39 000 / oy
Qo‘shimcha oshxona ekrani Standart, Pro 39 000 / oy
Ofitsiant paketi (5 telefon) Standart 129 000 / oy
Ofitsiant paketi (+5 telefon) Pro 79 000 / oy
Maslahatchi Standart (Pro’da ichida) 79 000 / oy
Qo‘shimcha filial Pro (6+ filial — kelishuv) 299 000 / oy
Joyida o‘rnatish Start, Standart (Pro’da bepul) 150 000 bir marta

Narxlar 1 filial uchun, so‘mda. Narxlar o‘zgarishi mumkin; amaldagi mijozlarga oldindan xabar beriladi.

Qanday boshlash

Uch qadam va 14 kun bepul

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Saytda yoki Telegram’da. Menejer bog‘lanib, mos tarifni tanlashga yordam beradi.

  2. 2

    Restoraningizni ochamiz

    Turiga mos tayyor menyu, lavozimlar va sozlamalar bilan. Qurilmalarni ulashda yordam beramiz.

  3. 3

    14 kun bepul ishlaysiz

    Sinovda Pro’ning hamma imkoniyati ochiq. Yoqsa, tarif tanlaysiz — kiritganlaringiz joyida qoladi.

Savol-javob

Qanday qurilma kerak?

Maxsus uskuna shart emas. Kompyuter, planshet yoki telefon brauzerida ishlaydi va bosh ekranga ilova kabi o‘rnatiladi. Ofitsiant o‘z telefonidan foydalanadi. Chek printeri kassaga USB orqali ulanadi.

Internet uzilsa nima bo‘ladi?

Kassa sotishda va chek chiqarishda davom etadi. Buyurtmalar qurilmaning o‘zida saqlanadi va aloqa qaytgach o‘zi yuboriladi — hech narsa yo‘qolmaydi.

Kassir pulni yashirsa, bilib qolamanmi?

Ha. Smenani kassir kutilgan summani ko‘rmasdan yopadi — sanab kiritadi, farqni esa siz ko‘rasiz. Har bekor qilish, chegirma va qaytarish jurnalda: kim, qachon va nega.

Restoranda bo‘lmasam, nazorat qila olamanmi?

Ha. Ega panelini telefondan ochasiz: bugungi savdo, foyda, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, sklad va xodimlar bir joyda.

Menyuni boshidan kiritishim kerakmi?

Shart emas. Tayyor menyu kutubxonasi bor — milliy taomlar, fastfud, kofe, bar. Keraklisini bir bosishda qo‘shasiz, keyin narxni o‘zingizga moslaysiz.

Uzum Tezkor bilan ishlaydimi?

Ha, Standart va Pro tariflarida. Uzum Tezkor buyurtmasi API orqali kassaga o‘zi tushadi. Har kanalga alohida narx va komissiya qo‘yiladi, hisobotda komissiyadan keyingi foyda ko‘rinadi.

Ma’lumotlarimni kim ko‘radi?

Faqat siz va siz ruxsat bergan xodimlar. Har restoran ma’lumoti alohida saqlanadi. Yordam xodimi panelingizga faqat sabab va muddat ko‘rsatib kiradi — buni o‘zingiz ko‘rasiz; u pul, sklad va parollarga tegolmaydi.

To‘lov kechiksa, dastur birdan o‘chadimi?

Yo‘q. 7 kun muhlat beriladi, keyin faqat ko‘rish rejimi yoqiladi — hech qachon smena o‘rtasida emas. Ma’lumotlaringiz 12 oy saqlanadi.

Mavsumiy yopilsam-chi?

Yiliga 1 oy obunani bepul muzlatib qo‘yish mumkin — ta’mir yoki mavsum uchun.

Bepul sinovdan keyin nima bo‘ladi?

Yoqsa, tarif tanlab davom etasiz — menyu, xodimlar va sozlamalarni qaytadan kiritish shart emas. Yoqmasa, hech narsa to‘lamaysiz.

Ulanish — 14 kun bepul

Ariza qoldiring: menejer bog‘lanib, restoraningizni ochishga va qurilmalarni ulashga yordam beradi. Yoki Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing.

Telegram’da yozish

Mavjud mijozmisiz? Yordam: @Onepos_yordambot va help.onepos.uz

Muassasa turi

Ma’lumotingiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.